00:37
"9-may Xotira va qadrlash kuni"

-Bugun erta tongdan  Angren shahar tarixi muzeyi sayohatchilar bilan gavjum bo‘lmoqda. Muzeyimizda "9-may Xotira va qadrlash kuni" ga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda.   
-Shu munosabat bilan shahrimizning "Azim Ota" ONMTT tarbiyalanuvchilari o‘zlarining chiroyli sahna ko‘rinishlari bilan tashrif buyurishdi.                                  
-Tadbirga mehmon bo‘lib  tashrif buyurgan 10-maktab 4-“b” sinf o‘quvchilari ham Vatan haqidagi she‘rlari va chiroyli raqslari bilan tomoshabinlarga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.                          
-Tadbir so‘ngida muzey ma`muriyati tomonidan qatnashchilarga "Tashakkurnoma" taqdim etildi.

 

Ko'rishlar: 65 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar