09:04 18- may Xalqaro muzeylar kuni | |
Angren shahar tarixi muzeyida 18-may Xalqaro Muzeylar kuni munosabati bilan katta bayram tadbirimiz juda chiroyli va maroqli bolib o`tdi. Bayram qatnashuvchilari va mehmonlarni 10-sonli bolalar musiqa va san`at maktabi o`qituvchisi Nozimjon Rahmatov boshchiligidagi jamoa karnay-surnay va doiralar sadosi ostida kutib olishdi. Bayram tadbirini Angren shahr hokimi Raimov Alisher Abdumalikovich ochib berdi. Bayramda sharimizning 9-10-va 23- sonli bolalar Musiqa va san`at maktabi o`quvchilari, Dukent ma`daniyat saroyi "Parvoz" guruhi a`zolari, "Shosh Iloq" folklyor jamoasi laparchi ayollari o`zlarining qo`shiq va raqslari bilan barchaning ko`ngillarini hushnud etishdi. Bugungi bayram munosabati bilan Toshkent viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan Angren shahar tarixi muzeyiga "Tashakkurnoma" va muzeyning barcha hodimlariga estalik sovg`alari taqdim etildi.
"18- may Xalqaro muzeylar kuni" bayrami davomida Angren shahar tarixi muzeyida 6-maktabning tasviriy san'at fani o'qituvchisi Gulemdar Smaylovaning shogirdlari ishtirokida mahorat darslari va yosh rassomlarning "Tasvirlarda ranglar jilosi" nomli ko'rgazmasi namoyish etildi. Bunday tadbirlar bolajonlarda katta qiziqish va ishtiyoq uyg'otadi, albatta. Tadbir so'nggida Gulemdar Smaylova muzey rahbariyati tomonidan "Tashakkurnoma" bilan taqdirlandi va rassomchilik san'atini o'rganmoqchi bo'lgan boshqa maktab o'quvchilariga ham doim yordam eshiklari ochiq ekanligini ta'kidladi. 18-may Xalqaro muzeylar kuniga bag'ishlangan ma'naviy marifiy bayramimizga taklif qilingan mehmon O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Xudoyberdi Ziyodov so'zga chiqib, muzey hodimlariga chiroyli tabrik va tilaklar bildirdi, so'ng o'zining vatanni madh etuvchi she'rlari hamda ko'ngilochar hangomalar bilan barcha mehmon va tomoshabinlarning ko'ngillarini hushnud etdi. | |
|
Jami sharhlar: 0 | |